Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВЛАРИ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ НАТИЖАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИНИНГ НАВБАТДАГИ 31-СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТНИНГ ҚЎШИМЧА МАНБАЛАРИНИ ЙЎНАЛТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИНГ ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БИРИКТИРИЛГАН ТАШКИЛОТ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
Shahar soliq inspeksiyasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Deputatlarning saylovchilar manfaatlarini ifoda etishi bilan bir qatorda, hududdagi tashkilot va muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishishi, mavjud masalalarni o‘rganishi ham deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda 7-Bahrin saylov okrugi deputati M. Raimdjanov hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Mahkamov tomonidan deputat M. Raimdjanovga biriktirilgan tashkilot — Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-son Qonuni talablarining ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, soliq organlarining belgilangan vazifalarni bajarishi, soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, soliq qonunchiligiga rioya etilishi hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganish davomida soliq inspeksiyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, hududda soliq qonunchiligi ijrosini ta’minlash, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda murojaatlar bilan ishlash jarayonlari yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Deputatlar tomonidan tashkilot faoliyatida aholi va tadbirkorlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud masalalarni qonunchilik talablari asosida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida deputatlarga shahar soliq inspeksiyasi vakili U. Yusupov hamrohlik qilib, faoliyat yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Bunday o‘rganishlar deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar faoliyati bilan bevosita tanishishi, hududdagi dolzarb masalalarni aniqlashi va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6