Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI

🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Eronshoh” mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy ehtiyojmand toifaga mansub fuqarolarga ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligi, aholining mavjud muammolarini aniqlash va ularni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
⚡️Oʻzbekiston Respublikasining 23.07.2026 yildagi “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-1159-sonli Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirildi.
⚡️Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining qonunchilik talablari asosida tashkil etilgani, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va fuqarolarning ijtimoiy himoyasi qay darajada ta’minlanayotgani ko‘zdan kechirildi.
⚡️O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlashda manzillilik, shaffoflik va xizmatlar sifatini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.
⚡️Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 7