Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTAT SO‘ROVI: BOLALAR XAVFSIZLIGI MASALASI NAZORATGA OLINDI

 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi oldidagi yo‘l harakati xavfsizligi muammosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati tomonidan Qatortol mahallasida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi hududi o‘rganilgan edi.

O‘rganish davomida bog‘cha kirish qismida piyodalar yo‘l chizig‘i mavjud emasligi, tezlikni pasaytiruvchi sun’iy notekislik va tegishli yo‘l belgilarining yo‘qligi sababli bolalar hamda ularni olib keluvchi fuqarolar xavfsizligi bilan bog‘liq muammo aniqlangan edi.

📝 ANIQLANGAN MUAMMO YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI!

Mazkur masala yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i Giyasov Farux Kamoliddinovichga deputat so‘rovi yo‘llandi.

Deputat so‘rovida:

🔹 Piyodalar yo‘l chizig‘ini chizish;

🔹 “Tezlikni cheklash” va ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini o‘rnatish;

🔹 Sun’iy notekislik (“yotuvchi politsiya”) o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

📌 Bog‘cha ma’muriyati tomonidan tegishli tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramay, masala hanuzgacha o‘z yechimini topmagan. Shu bois mazkur muammo deputatlik so‘rovi orqali mas’ul tashkilot e’tiboriga yetkazildi.

Deputatlik nazorati — aholi xavfsizligi va manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim vosita!