Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
#19_modda #Okrugda_o‘rganish #Kengash_qarori_ijrosi_deputat_nazoratida

Oltinsoy tumanida hududlarni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputat Mamatmuratov Azamat Karamatovich tomonidan “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi bo‘yicha navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida deputat bevosita joyiga chiqqan holda:
“Qoratepa” MFY hududidagi ichki yo‘llarga asfalt yotqizish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi;
Qurilish va obodonlashtirish ishlarining belgilangan sifat va texnik standartlarga mosligini nazorat qildi;
Pudratchi va mas’ul mutaxassislar bilan muloqot qilib, yo‘l-infratuzilma ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berdi.

Aholi farovonligini oshirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ushbu amaliy ishlar deputatlik nazoratida doimiy ravishda davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5