Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
Maktabgacha ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan ish reja ijrosi yuzasidan Xalqlar do‘stligi mahallasida joylashgan 285-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi, issiqlik tarmoqlari, quvurlar va texnik jihozlarning holati, shuningdek, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Xususan, isitish tizimining mavsum davomida barqaror va samarali ishlashini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan iliq va xavfsiz muhitni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini muntazam nazorat qilish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad — ta’lim muassasalarida bolalar uchun qulay, xavfsiz va munosib sharoitlarni ta’minlash, mavsumiy tayyorgarlik ishlarining sifatli tashkil etilishini nazorat qilishdan iborat.

Slide 1 of 5