Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
Xirmontepa mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati tomonidan Xirmontepa MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Uchrashuv davomida, avvalo, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligiga e’tibor qaratildi. Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga belgilangan tartibda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha tahlil qilindi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan mas’ul xodimlarga aholi murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, har bir oilaning muammosini chuqur o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda manzilli va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Deputat vakillik faoliyatining asosiy maqsadi — aholi muammolarini eshitish, o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 5