Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
TARAQQIYOT YO‘LIDA — BARCHAMIZ BIRGALIKDA!

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, aholi bandligini oshirish hamda mahallalarda zamonaviy infratuzilmani yaratish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab berildi.
Mazkur vazifalarning Chilonzor tumanida ijrosini ta’minlash, hududni yanada obod va farovon qilish yuzasidan tuman hokimining aholiga va tadbirkorlarga murojaati e’lon qilindi.
Tumandoshlarimiz ushbu murojaat va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarga o‘z munosabatlarini bildirmoqda.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Omonulla Nigmatullayevich Mutalov o‘z mulohazalarida quyidagilarni ta’kidladi:
“Tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholimiz turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi barcha rejalarni amalga oshirishda tuman hokimligi va boshqa mas’ul idoralar atrofida butun aholimiz birlashishi kerak”.
Deputat sifatida men ham ushbu fikrni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Chunki hudud taraqqiyoti, mahallalar obodligi, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish — faqat davlat idoralarining emas, balki har birimizning umumiy vazifamizdir.
Bugungi kunda deputatlar ham aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularning taklif va muammolarini o‘rganib, tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari orqali murojaat qilmoqda. Belgilangan vazifalar ijrosini jamoatchilik bilan birgalikda kuzatib borish va amaliy natijaga erishish muhim.
Chilonzorning taraqqiyoti — har birimizning umumiy maqsadimiz!