35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda

 Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish belgilangan.
📋 Mazkur qarorga muvofiq, tumandagi “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi 2 ta mahallada aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, infratuzilmani yaxshilash, hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirishga qaratilgan qator bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish belgilangan.
🔎 Sessiyaga tayyorgarlik doirasida qaror ijrosini joylarda puxta o‘rganish maqsadida Tuman Kengashi deputati I. Azimov tomonidan manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
📍 O‘rganish ishlari “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahalla sifatida tanlab olingan Umar mahallasida amalga oshirildi.
🛣 O‘rganishlar davomida PQ-298-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hududda amaliy ishlar boshlab yuborilgani aniqlandi.
🚧 Xususan, 3,4 km ichki yo‘llar asfaltlashtirilgan. Bu esa mahalla aholisi uchun transport qatnovi qulayligini oshirish, yo‘llarning holatini yaxshilash hamda hudud obodonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🚶‍♂️ Shuningdek, mahalla markazini shakllantirish va hududda zamonaviy, qulay muhit yaratish maqsadida yo‘l bo‘yida 3,5 km piyodalar yo‘lagi barpo etish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3