35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati E.Sadikova tomonidan fuqarolar ijtimoiy muhofazasini ta’minlash borasida yuborilgan murojaat yuzasidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputat so‘rovi asosida Qo‘qon shahar Turkiston MFY, Maxram ko‘chasi 1-uy, 23-xonadonda yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan fuqaro Kulaxmedova Yelena Aleksandrovnaning ijtimoiy holati va kundalik ehtiyojlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish natijasida fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari va pampers vositalari bir necha marotaba yetkazib berilib, uning holidan muntazam xabar olindi. Mazkur yordam bir martalik ko‘mak sifatida emas, balki fuqaroning ijtimoiy ehtiyojlarini tizimli ravishda o‘rganish va bartaraf etish doirasida davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Taqdimalangan javobda fuqaroning holati Markaz tomonidan to‘liq nazoratga olinganligi, ehtiyojlari o‘zgarib borishiga qarab tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi hamda xodimlarga fuqaro bilan muloqotda uning sha’ni va qadr-qimmatiga hurmat ko‘rsatgan holda amaliy yordam berish bo‘yicha vazifalar belgilangani bildirildi.

️Mazkur jarayon orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning insoniy qadr-qimmatini asrash, ularni yolg‘iz qoldirmaslik hamda doimiy e’tibor va amaliy ko‘mak bilan ta’minlash maqsadi ko‘zlangan.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, ehtiyojmand fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi