35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan fuqarolar murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan rasmiy javob kelib tushdi.

Avvalroq “Turkiston” MFY, Mahram ko‘chasi aholisi tomonidan ko‘chaning yo‘l qoplamasi ta’mirtalab holga kelgani, chuqurlik va o‘nqir-cho‘nqirlar mavjudligi, buning natijasida piyodalar hamda avtomobillar harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirilgan edi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, Mahram ko‘chasini asfaltlashtirish va ta’mirlash masalasi yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilgan.

Rasmiy javobga ko‘ra, “Turkiston” MFY Mahram ko‘chasi 2026-yilgi manzilli dasturga kiritilgan. Mazkur dastur doirasida ko‘chada asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilangan.

️Shuningdek, asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari tegishli shaharsozlik va yo‘l qurilishi me’yorlari hamda texnologik talablarga muvofiq, ob-havo sharoitlari hisobga olingan holda bajarilishi ma’lum qilingan.

Dastur doirasida ajratiladigan mahalliy budjet mablag‘lari bosqichma-bosqich moliyalashtirilishi, yo‘l qurilish ishlari esa tasdiqlangan grafik asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi