35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan tumanda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan “Uyenkulsay” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan o‘rganildi.

“Uyenkulsay” mahallasi hududida 5,0 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobidan 1,0 km uzunlikda ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 1,0 km uzunlikda piyoda yo‘lakchalarni qurish, 116 ta elektr tarmoqlarini o‘rnatish, 6,2 km uzunlikda SIP kabellarni tortish, 46 ta tungi chiroqlar o‘rnatish, 7 ta savdo va xizmat obyektlari tashkil qilish va 35 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

🔺O‘rganish jarayonida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari yakunlanganligi ko‘zdan kechirildi. Yo‘l qoplamasining holati, bajarilgan ishlarning sifati va hududning umumiy obodonlashtirilishiga e’tibor qaratildi. Mahallada davom ettirilayotgan piyodalar yo‘laklarini qurish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

🔺Mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, aholiga yaratilayotgan qulayliklar va mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi. “Uyenkulsay” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining sifatli va o‘z muddatida yakunlanishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 5