📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ural Muhammadiyev To'ytepa va Vatandosh mahallasining fuqarolar bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.
📝 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarning ta’mirtalab holati, ko‘cha va hududlarni yoritish, obodonlashtirish, ichimlik suvi ta’minoti hamda hudud infratuzilmasiga oid qator masalalar ko‘tarildi.
🔎 Deputat murojaatlarni joyida o‘rganib, ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarurligiga e’tibor qaratdi.
📋 Aniqlangan muammolar Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida o‘rganilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
🤝 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.