35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 39-sessiyasi ochiq deb e’lon qilindi.

Bugun Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining navbatdagi 39-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash deputatlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📌 Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

— Yashnobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda hamda mavjud muammolarini hal etishda ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida 2026-yil II chorakda amalga oshirilgan amaliy ishlar;

— Yashnobod tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan 2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

— Yashnobod tumanida “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026-yil II mavsumi yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish;

— Yashnobod tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish;

— Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘limi rahbarlari tomonidan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)larini eshitishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1