35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dagi murojaatlar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Saxovat” mahallasida bo‘lib, deputatning “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga kiritilgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida mahallaning Fayoztepa ko‘chasini asfaltlashtirish bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar va deputat ishtirokida ko‘chaning bugungi holati ko‘zdan kechirilib, mavjud muammo, yo‘lning texnik holati hamda uni ta'mirlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Ta'kidlash joizki, deputatlik faoliyatida “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” faqat murojaatlarni qayd etish vositasi bo‘lib qolmay, balki har bir murojaatning amaliy ijrosi ustidan tizimli nazorat olib borishning muhim mexanizmi hisoblanadi. Shu bois har bir murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, unda qayd etilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur o‘rganish davomida ham deputat daftari asosida olib borilayotgan ishlar amalda namoyon etilib, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish, holatni hujjatlashtirish va keyingi nazoratni ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan mas'ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1