35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#Hokim yordamchisi faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi

#Hokim yordamchisi faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 3-Oq ota saylov okrugidan saylangan deputati E.Peysenov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar ishtirokida “A.Yo‘lbarisov” MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

♻️ Kambag‘allikni qisqartirish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning manzilliligi va natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning daromadlarini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

♻️ O‘rganish jarayonida hududdagi tadbirkorlar bilan olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, tadbirkorlarning mavjud muammolarini aniqlash, faoliyatini kengaytirish uchun zarur ko‘mak ko‘rsatish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📌 O‘rganish yakunida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3