35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
INKLYUZIV TA’LIM: AMALIY ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat Dildoraxon Raxmatullayeva o‘z tashabbusi bilan Andijon shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’limni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-avgustdagi PQ-292-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi 638-son qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish bo‘yicha belgilangan talablar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, maktabda inklyuziv ta’lim uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Inklyuziv ta’lim — har bir bola uchun teng imkoniyat va sifatli ta’lim kafolatidir.

Slide 1 of 4