35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Saylovchilar bilan uchrashuv va murojaatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-maishiy muammolari, ehtiyojlari, taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan murojaatlarni joyida o‘rganish va ularni amaldagi tartiblar asosida hal etish bo‘yicha tegishli masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Burchilik 2-manzilida joylashgan ko'p qavatli uyda yashovchi B.Akramova tomonidan bir martalik moddiy yordam ajratish masalasida murojaat qilindi. Murojaat mazmuni deputat tomonidan tinglanib, fuqaroning ijtimoiy holatini o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi.

️Deputat tomonidan murojaatni tegishli tartibda o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani hal etish va fuqaroning murojaati yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3