35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
YUNUSOBOD TUMANIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov YU. tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.

🤝Suhbat davomida fuqarolarning kundalik hayotida muhim bo‘lgan ijtimoiy himoya, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, sanatoriy-kurortlarda bepul sog‘lomlashtirish va yo‘llanmalar olish masalalari muhokama qilindi.

⚖️Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonunining 36-moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirilish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda dori vositalari bilan ta’minlanish huquqi belgilangan.

📝Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va huquqlardan foydalanishiga amaliy ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝Deputatlik faoliyati doirasida aholining, xususan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.