35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Mehrabod” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish — shahar Kengashi deputatlarining doimiy diqqat-markazida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tizimli nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovga biriktirilgan “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyatini atroflicha o‘rgandilar.

Hokim yordamchisi faoliyati — “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun doirasida:

Mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilishining maqsadliligi, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasidagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

Xususan, hokim yordamchisi tomonidan avgust oyida 2 nafar fuqaroga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida jami 60 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltirildi;

O‘rganish yakunida Hokim yordamchisi va mahalla mas’ullariga imtiyozli kreditlardan foydalanish samaradorligini doimiy monitoring qilib borish, yangi mikroloyihalar sonini ko‘paytirish hamda ehtiyojmand xonadonlarni daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalari berildi.