35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏢 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati J.Ismanovning saylov okrugida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash hamda mavjud gaz infratuzilmasining mavsumga tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Jurjoniy mahallasi hududida joylashgan gaz taqsimlash punktlari (GTP) ko‘zdan kechirilib, ularning texnik va sanitariya holati, xavfsizlik talablari, mavjud uskunalarning sozligi hamda kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror ishlashga tayyorgarligi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida gaz taqsimlash punktlarining atrofini obodonlashtirish, xavfsizlik choralariga rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👥 Ushbu o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, shuningdek, Kengash Ekspert guruhi a’zolari ishtirok etib, hududdagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

📌 Mazkur o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

🤝 Asosiy maqsad — kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish, aholining murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.

Slide 1 of 3