35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali Qo‘qon shahar gaz bo‘limidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahrining Urganjibog‘ MFY hududidagi Chortoq ko‘chasida tabiiy gaz ta’minotining pastligi hamda gaz ta’minotidagi uzilishlar bilan bog‘liq masala ko‘tarilgan.

Murojaat yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan hududdagi tabiiy gaz ta’minoti bosimi va gaz tarmoqlarining qoniqarsizligi holati o‘rganilgan.

️Shuningdek, 2026-yil 22-avgust kuni Urganjibog‘ MFY hududida aholi bilan uchrashuv va yig‘ilish o‘tkazilib, unda tabiiy gaz ta’minotidagi bilon bog‘liq holatlar, gaz bosimining pasayish sabablari hamda gaz tarmoqlarida amalga oshirilayotgan texnik ishlar yuzasidan aholiga tegishli tushuntirishlar berilgan.

O‘rganishlar davomida Urganjibog‘ MFY hududida ma’nan va jismonan eskirgan, samaradorligi past bo‘lgan o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmalarini bosqichma-bosqich ta’mirlash hamda hududdagi gaz tarmoqlarini optimallashtirish ishlari tasdiqlangan reja asosida boshlab yuborilgani ma’lum qilindi.

️Mazkur texnik-ta’mirlash va optimallashtirish ishlari jarayonida gaz tarmoqlaridagi bosim ko‘rsatkichlari vaqti-vaqti bilan pasayishi mumkinligi, shu munosabat bilan aholi tabiiy gaz ta’minotidagi vaqtinchalik noqulayliklarga to‘g‘ri tushunish bilan yondashishi so‘ralgan.

Rasmiy javobda Urganjibog‘ MFY hududidagi gaz tarmoqlarini optimallashtirish va texnik jihatdan yaxshilash ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilayotgani qayd etilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi