35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yilning o‘tgan davri, xususan avgust oyidagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, deputatlarning Kengash sessiyalaridagi ishtiroki, doimiy komissiyalar faoliyatidagi faolligi, deputatlik so‘rovlaridan samarali foydalanish, saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Tahlillar davomida avgust oyi mobaynida shahar Kengashi deputatlari tomonidan 22 marotaba deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotlarga yuborilgani qayd etildi.

Yig‘ilishda deputatlik vakolatlaridan samarali foydalanish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish hamda hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni hal etishda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputatlarning kelgusidagi faoliyatini yanada takomillashtirish, saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish va Kengash faoliyatida deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4