35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Kunchiqish” mahallasidagi ichki yo‘llar sifati o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_okrugida
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Kunchiqish” mahallasidagi ichki yo‘llar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov o‘z saylov okrugi hududidagi “Kunchiqish” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahallaning “Lolazor” ko‘chasining 400 metr qismida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari, yo‘l qoplamasining sifati va bajarilgan ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

Jarayon davomida yo‘lning asfaltlangan qismi joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, bajarilgan ishlarning amaldagi holati o‘rganildi. O‘rganish natijasida asfalt qoplamasi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan talablar asosida bajarilganligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqarolar va ko‘chaboshiga amalga oshirilgan asfaltlash ishlari, uning sifati hamda loyiha hujjatlarida belgilangan talablar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Murojaat yuzasidan o‘rganish natijalari fuqarolarga yetkazildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4