35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Kotib

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi tomonidan “Mahalla-Yangi O‘zbekiston islohotlarining ostonasi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. 

Unda deputatlar, davlat organlari va idoralari rahbarlari, mahalla tizimi vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar, yosh tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida mahallalarda ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoatchilik nazorati, raqamli boshqaruv va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, mahallalar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish, davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va mahallaning tashabbuskorlik salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

Bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Muyassar Yuldasheva ham  qatnashdi.

Slide 1 of 3