➡️ Oldin xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna tomonidan “Keneges” OFY hududidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aniqlangan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
🏫 Maktabning 2023-yil yanvar oyida yangi qurilib foydalanishga topshirilgan qo‘shimcha binosidagi 3 ta sinf xonasining pol qismi chirib, yaroqsiz holga kelgani qayd etilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar va mavjud to‘siqlar yuzasidan mas’ul tashkilotdan asoslantirilgan ma’lumot so‘ralgan edi.
🔨 Bugun esa deputatlik so‘rovining amaliy natijasi ko‘zga tashlanmoqda.
Sinf xonalaridagi eskirgan va yaroqsiz pol qismi olib tashlanib, yangi pol qurish ishlarini boshlash arafasida turibdi.
📚 Bu esa o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadamdir.
🤝 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi. Muhimi, murojaat va aniqlangan muammo amaliy natijaga aylanishidir.