35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ichki yo‘llar holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Yoshlik” mahallasining ichki yo‘llarining holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

🔻O‘rganish davomida mahalladagi Amangeldi, Uzumzor, Nizomiy, Beruniy, Rizayeva va boshqa ko‘chalarda yo‘l qoplamalarining eskirgani, ta’mirtalab holatga kelib qolganligi, ayrim ko‘chalarda faqatgina shag‘allashtirilganligi, bu holat aholining kundalik harakatlanishida muayyan qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgani aniqlandi. Xususan, aholi va tashrif buyuruvchilar tomonidan muntazam foydalaniladigan maktab, sanatoriy, temir yo‘l bekati hamda qabristonga olib boruvchi ichki yo‘llar aholi uchun muhim transport yo‘nalishlari ekani qayd etildi.

🔻Aholi uchun ijtimoiy va maishiy jihatdan zarur bo‘lgan mazkur ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini manzilli ro‘yxatga kiritish orqali ta’mirlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish, eng avvalo, aholi ko‘p foydalanadigan va ijtimoiy obyektlarga olib boruvchi yo‘llarni tartibga keltirish zarurligi ta’kidlanib, mas’ullarga deputat so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 8