35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАЪМУРИЙ НАЗОРАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
БЕКОБОД МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА БАЙРАМГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ОБОД МФЙДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
#_162_ta_qonun Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

#_162_ta_qonun
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda


Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatiga qator muhim yangiliklar kiritilmoqda:

Mahalliy Kengashlarda Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etiladi. U bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham amalga oshiradi.

Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida Kengash Rayosati tashkil etiladi. Uning tarkibiga Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar va siyosiy partiya guruhlari rahbarlari kiradi.

“Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Endi deputatlar aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mahalliy davlat organlari va mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Senatorlar ta’kidlaganidek, ushbu Qonun Prezidentning 2025-yil 23-iyundagi PF–98-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qilib, “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amalda qaror toptirishda muhim qadam bo‘ladi.

Qonunning qabul qilinishi:
vakillik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishga;
hududiy muammolarni hal etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1