35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАЪМУРИЙ НАЗОРАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
БЕКОБОД МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА БАЙРАМГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ОБОД МФЙДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda

"Yangiyer" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlaridan asosiy maqsadi aholi uchun qulay va zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda hududlar qiyofasini yanada obod etishdan iborat.
Deputatlar bog‘ hududida amalga oshirilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari, ko‘kalamzorlashtirish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, zamonaviy yoritish tizimlarini o‘rnatish hamda bolalar va oilalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, mas'ul mutaxassislar bilan suhbat davomida ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda foydalanilayotgan qurilish materiallari yuzasidan fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, yangilanayotgan istirohat bog‘i nafaqat mahalla aholisining mazmunli hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladi, balki yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va hududning ekologik hamda estetik qiyofasini yanada yaxshilashga munosib hissa qo‘shadi.
Deputatlar amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini e'tirof etar ekan, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdilar. Mazkur obodonlashtirish ishlari aholining turmush farovonligini oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy natijasi sifatida e'tirof etildi.

Slide 1 of 4