35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ТЕГИШЛИ ТАШКИЛОТ ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТОЗАЛИК ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
СЕРҲОСИЛ БОҒЛАР — ЮҚОРИ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ МУҲИТИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati F.Mamajonov tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Aziztepa" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida Aziztepa ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan kanalizatsiya quvurlarining yaroqsiz holga kelgani, buning natijasida sanitariya-gigiyena talablariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani hamda aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida "Aziztepa" MFY hududidagi Aziztepa ko‘chasida yangi kanalizatsiya quvurlarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ishlarning bajarilish muddati hamda ushbu masala yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2