35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ТЕГИШЛИ ТАШКИЛОТ ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТОЗАЛИК ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
СЕРҲОСИЛ БОҒЛАР — ЮҚОРИ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ МУҲИТИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY XIZMATLAR VA MANZILLI YORDAM KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugi hududida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati hamda manzilliligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning ehtiyojlarini aniqlash, zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, yordamga muhtoj oilalarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat ijtimoiy yordam va xizmatlar, eng avvalo, haqiqatan ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida, manzilli va adolatli yetib borishi muhimligini ta’kidladi. O‘rganish jarayonida mavjud masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, aniqlangan muammolarni vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Bunday o‘rganishlarning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish hamda har bir ehtiyojmand fuqaroning muammosiga manzilli yondashuvni ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 2