#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan obodonlashtirish xizmatlarini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ–387-son qarori talablari asosida tuman markaziy ko‘chalari bo‘yida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlari bilan Obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida shartnomalar tuzish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Qaror ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va obodonlashtirish xizmatlarini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|