#24_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova Goʻzal mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ish jarayonida uchrayotgan muammolar va takliflar tinglandi.
Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholining bandligini taʼminlash borasida fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|