35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
янв.21
ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР БЎЛИМИ БИНОСИ ҚУРИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ЎЗ ФАОЛИЯТИ ЮЗАСИДАН АХБОРОТ БЕРДИ
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 15-"Yangi Chorsu" saylov okrugidan saylangan deputat Yunusov Muxammadjon Azizovich tomonidan belgilangan reja-jadval asosida 2026-yil 21-iyul kuni saylovchilar bilan navbatdagi ochiq uchrashuv hamda deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hisobot davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik so‘rovlari, hududda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi muammolarini hal etish borasida erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, "Yangi Chorsu" saylov okrugi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda fuqarolar farovonligini oshirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar saylovchilar bilan muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Bildirilgan barcha murojaatlar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni belgilangan tartibda hal etish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9