35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
янв.21
ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР БЎЛИМИ БИНОСИ ҚУРИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ЎЗ ФАОЛИЯТИ ЮЗАСИДАН АХБОРОТ БЕРДИ
Muammolar — mahalla kesimida o‘rganilmoqda

“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugi hududida mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va aholi takliflarini o‘rganish maqsadida ko‘chaboshilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur saylov okrugida jami 15 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, o‘rganish ishlari dastlab Sog‘lon avlod ko‘chasidan boshlandi.

🤝 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich "Yoshlar maslahat guruhi" a'zosi M.Kalbayev bilan birgalikda ko‘chaboshi U.Yusupov bilan uchrashib, hududdagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashdi.

💬 Muloqot davomida:
🔹 ko‘chalarni obodonlashtirish va hududni yanada tartibga keltirish;
🔹 aholi uchun qulay sharoit yaratish;
🔹 yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish;
🔹 internet xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini muntazam tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📝 Ko‘chaboshi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.

📌 “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugi hududidagi qolgan ko‘chalarda ham mavjud muammolar va aholi takliflarini o‘rganish ishlari davom ettiriladi.