35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
янв.21
ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР БЎЛИМИ БИНОСИ ҚУРИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ЎЗ ФАОЛИЯТИ ЮЗАСИДАН АХБОРОТ БЕРДИ
Kotib

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga aylandi. Ushbu maqsadlarni samarali amalga oshirishda davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlari, mustaqil ekspertlar va keng jamoatchilik muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi; jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash, qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazish uchun qo‘shma ishchi guruhlarni tuzish, shuningdek, parlament eshituvlari, davra suhbatlari, jamoatchilik muhokamalari va joylarda o‘rganish ishlarini tashkil etishda hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu tadbirda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining O‘zbekiston “Ekologik” partiyasidan saylangan deputatlar Shuxrat Fayziyev va Irina Matkarimovalar ham ishtirok etib, o‘zlarining fikr va takliflarini bildirdilar.

Slide 1 of 2