35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
янв.21
ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР БЎЛИМИ БИНОСИ ҚУРИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ЎЗ ФАОЛИЯТИ ЮЗАСИДАН АХБОРОТ БЕРДИ
📝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan:
🔹 mahallalarda o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari;
🔹 kirish-chiqish nuqtalariga joylashtirilgan yuzni hamda avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini aniqlovchi zamonaviy kuzatuv qurilmalari;
🔹 aholi gavjum ko‘chalarning tungi yoritish tizimini yaxshilash ishlari;
🔹 PTZ turdagi videokuzatuv kameralarining o‘rnatilish holati;
🔹 ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda bajarilgan ishlarning sifati.
Monitoring davomida loyihalarning belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3