🔰 🔺 Yoshlar
yetakchisi tomonidan mahalla yoshlarining muammolarini o‘rganish, ularni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, huquqbuzarliklar profilaktikasi kabi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularga ajratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, kasb-hunar o‘quv kurslariga yo‘naltirish, subsidiya va kredit olishdagi ko‘maklar tahlil qilindi. “Yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari” elektron platformalaridagi holatlar ko‘zdan kechirildi.
✅ 🔺 O‘rganish natijalariga ko‘ra: yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ishsiz yoshlarni band qilish ko‘lamini kengaytirish, “Yoshlar daftari” bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida tegishli tavsiyalar berildi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi