35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
янв.21
ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР БЎЛИМИ БИНОСИ ҚУРИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ЎЗ ФАОЛИЯТИ ЮЗАСИДАН АХБОРОТ БЕРДИ
#haftalik_ish_reja #biriktirilgan_tashkilot #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 💼Qonunlar ijrosi amalda: Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi (SEO va JS) bo‘limining faoliyati savolnomalar asosida tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi (SEO va JS) bo‘limida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

⏺O‘rganish davomida mutasaddilar bilan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi O‘RQ–393-sonli Qonuni hamda 2010-yil 7-iyundagi "Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘RQ–251-sonli Qonuni talablari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan batafsil suhbat o‘tkazildi.

💬Xususan, hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, yuqumli va ommaviy kasalliklarning oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish, ichimlik suvi sifati, bolalar ta’lim muassasalari hamda davolash-profilaktika muassasalarida sanitariya me’yorlariga rioya etilishi, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi.

💬Muloqot davomida sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini yanada kuchaytirish, profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan sanitariya-epidemiologik xizmatlar sifatini oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

💬Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda qonunchilik talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta'minlash, jamoat salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligi alohida ta'kidlandi.