Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
BUYUK TURON MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI

Suhbat davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur suhbat deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, hududdagi yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Suhbat yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish orqali hal etish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Buyuk Turon mahallasida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3