Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Oybek Baxrombekovich Tuganbekov tomonidan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat asosida Kichik Xirmontepa MFY hududidagi 61 va 62-sonli ko‘p qavatli uylar yaqinida chiqindi tashuvchi maxsus avtomashinalarning joylashuvi masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/349
Mazkur deputat so‘roviga Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.
Rasmiy javobda mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi "MAKS QUR LIDER MAXSUS" MChJ tomonidan qayd etildi:
🔹 Maishiy chiqindilar tasdiqlangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqilmoqda.
🔹 Chiqindi tashuvchi maxsus avtomashinalar ish faoliyati yakunlangach yuvilib, garaj hududiga joylashtirilmoqda hamda hududning sanitariya holatini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
🔹 Ko‘p qavatli uylarning tom qismi, yerto‘la, muhandislik tarmoqlari, elektr va sanitariya tizimlariga muntazam texnik xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
🔹 Mazkur masala mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilgan bo‘lib, holat yuzasidan tegishli ma'lumot va xulosalar taqdim etilgan.
✅ Fuqarolar murojaatlari asosida yuborilgan deputat so‘rovlarining ijrosi hamda ularga berilgan rasmiy javoblar doimiy nazoratda bo‘lib, aholi manfaatlarini ta'minlash yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.