Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 14-A.Ikromov saylov okrugi deputati D.Xamraqulov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida “24 ta muhim masala” doirasida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini tizimli hal etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, mahallada jami 1 690 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Shundan 119 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida 21 nafar xotin-qizga turli ko‘rinishdagi amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.

Jumladan, 1 nafar xotin-qiz nonvoychilik, 1 nafar xotin-qiz chorvachilik yo‘nalishida kredit mablag‘lari ajratilishi orqali bandligi ta’minlangan. Shuningdek, 18 nafar xotin-qizga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan. Bundan tashqari, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida 4 ta oila yarashtirilgan.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2