Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarovaga biriktirilgan tashkilot 6-Xo‘japorso saylov okrugida joylashgan Margʻilon shahar Mudofaa ishlari bo‘limida o‘rganish ishlari davom ettirilib bo‘limda amalga oshirilayotgan qurilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘lim boshlig‘i X.Djurayev hamrohligida ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur obyektda “EFFEKT ELEGANT QURILISH” MChJ tomonidan qiymati 4,2 milliard so‘mlik qurilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlarida qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, bino ichiga yotqizilgan parket qoplamasining sifati talab darajasida emasligi, pol sathida notekisliklar mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, qo‘l yuvish xonasidagi oynali eshik ochilish yo‘nalishi xavfsizlik talablariga mos kelmasligi, foydalanish jarayonida shikastlanish xavfi mavjudligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, isitish tizimi ishlari to‘liq yakunlanmagani, elektr tarmoqlarini montaj qilish ishlari chala holatda ekani hamda loyiha asosida o‘rnatilishi belgilangan transformator punkti (TP) obyektga hali yetkazib berilmagani aniqlandi.
Shuningdek, obyekt hududida yomgʻir suvlarini oqizish tizimi yetarli darajada tashkil etilmagani sababli yogʻingarchilik vaqtida suv toʻplanib, bino poydevori va ichki qismiga kirib ketish holatlari kuzatilishi mumkinligi qayd etildi.

Oʻrganish ishlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida deputat soʻrovi yuborilishi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olinishi belgilandi.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi tomonidan obyektlarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 8