Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Kotibiyat mudiri faoliyatidan

Kotibiyat mudiri faoliyatidan

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan 6-Qorasuv saylov okrugidagi Gulzor va Qorasuv mahallalaridagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Gulzor va Qorasuv mahallalarida faoliyat yuritayotgan soliq inspektori Jahongir Abdiraximov tomonidan hududda soliq tushumlarini ta’minlash, soliq intizomini mustahkamlash hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, mahallalarda soliq yig‘imlarining belgilangan rejalar asosida amalga oshirilayotgani va bu borada ijobiy natijalarga erishilayotgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng deputat tomonidan 5-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan tanishdi.Maktab ma’muriyati tomonidan bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni sport, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarga keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan deputatgama’lumot berildi.

O‘rganishlar yakunida deputat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda soliq intizomini yanada mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Slide 1 of 1