Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva hamda tuman Kengashining 12-Buloqboshi saylov okrugi deputati D.Isaqov tomonidan tumandagi Adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganish jarayonida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Qobiljon Avezmatov tomonidan bo‘limning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi, huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlari hamda davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

⚖️ Shuningdek, adliya organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Uchrashuv davomida deputatlik nazorati doirasida adliya bo‘limi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash va huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 4