Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori asosida Romitan tumani “Poyjo‘y” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi farzandlari uchun ham yangi umumta’lim maktabi qurilishi boshlangan.
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Qurilish maydonida mas’ullar va quruvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, olib borilayotgan ishlar sifati, muddatlari hamda zamonaviy talablar asosida bunyod etilayotgan ta’lim maskanining ahamiyati yuzasidan fikr almashilb, mas'ullarga kerakli topshiriqlar berildi.
Maktabning sinf xonalari yorug‘ va keng bo‘lib, fan laboratoriyalari, sport zali, kutubxona va kompyuter xonalari bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, maktab hududi yashil maydonlar, sport va o‘yin maydonchalari bilan jihozlanib, o‘quvchilarga toza havoda mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Bu esa nafaqat bilim olish jarayonini samarali qiladi, balki bolalarning jismoniy va ijodiy rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.
Romitan tumanida yangi maktabning ochilishi bilan mahalliy yoshlar zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlarda tahsil olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Ushbu loyiha hududdagi ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, tumanni yanada rivojlangan maskan sifatida tanitishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1