Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
#24_ta_masala 📌 Bo‘ston mahallasida yangi oilaviy poliklinika binosi qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov o‘z saylov okrugidagi Bo‘ston mahallasida barpo etilayotgan 21-son oilaviy poliklinikasi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mavjud tibbiyot muassasasini 1-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish maqsadida qo‘shimcha 50 qatnovli bino qurilishi, qurilish-montaj ishlarining borishi hamda obyektning foydalanishga topshirilishi natijasida aholiga ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha doirasida yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yanada yaxshilanib, fuqarolar uchun qulay va zamonaviy tibbiyot infratuzilmasi yaratilishi kutilmoqda.

Deputat tomonidan obyektdagi qurilish ishlari va belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati asosida muntazam o‘rganib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 5