35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ТЕГИШЛИ ТАШКИЛОТ ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТОЗАЛИК ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
СЕРҲОСИЛ БОҒЛАР — ЮҚОРИ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ МУҲИТИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida, ayniqsa, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda mavjud vaziyat tahlil qilinib, sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularni keltirib chiqarayotgan omillarga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla fuqarolar yig‘inlari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, muammoli oilalar bilan ishlash, ishsiz va nazoratsiz yoshlarni bandlikka jalb etish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Deputat o‘rganish jarayonida jinoyatchilik ko‘rsatkichlarini kamaytirish, aholi orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha mavjud kamchiliklarni tahlil qildi hamda mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflarni bildirdi. Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 4