Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar “Mustaqillik” MFYdagi tungi yoritish chiroqlarini joyiga chiqib ko‘rdi.
 Kechki payt mahalla ko‘chalarining yorug‘ bo‘lishi odamlar xavfsizligi, osoyishtalik va hudud ko‘rinishi uchun muhim ekani ta’kidlandi.

O‘rganish davomida ko‘chalarda o‘rnatilgan chiroqlar mahallaga fayz bag‘ishlab, aholi uchun qulay muhit yaratib kelayotgani qayd etildi. Ayniqsa, keksalar, ayollar va bolalarning kechki payt bemalol harakatlanishi uchun tungi yoritish muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani aytildi.

Mahalla aholisi bilan suhbatda ko‘chalar yorug‘ bo‘lsa, hudud yanada obod va xavfsiz ko‘rinishi, odamlarning kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, mavjud chiroqlarni ehtiyot qilish, hudud ozodaligini saqlash va mahallani yanada chiroyli maskanga aylantirish barchaning vazifasi ekani qayd etildi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 2