Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
AHOLI BANDLIGI MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 8-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputati Ashurov Baxodir Maxamadaliyevich tomonidan saylov okrugi hududida aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.Deputat o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, hududda aholi bandligini oshirish, fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish hamda yoshlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi I.G‘oyibnazarov tomonidan olib borilayotgan bandlikka ko‘maklashish ishlari, fuqarolarni ish bilan ta’minlash yuzasidan yaratilgan imkoniyatlar va bu boradagi natijadorlik masalalari deputat tomonidan atroflicha tahlil qilindi. Xususan, deputat mahalladagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” faoliyatida ishtirok etdi. Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlarni, xususan maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, deputat ushbu tashabbusning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.Tadbir davomida 5 ga yaqin korxonalar ishtirok etib,
fuqarolar uchun 20 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Deputat tomonidan ish beruvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, taklif etilayotgan ish o‘rinlarining sifati, mehnat sharoitlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar
yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, mehnat yarmarkasida qatnashgan bitiruvchi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari, bandlikka oid muammolari va takliflari o‘rganildi. Deputat tomonidan yoshlarga mehnat qonunchiligi, ishga joylashish tartiblari hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.Deputatlik nazorati davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi, bu boradagi ishlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati muntazam o‘rganib borilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 7