Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Deputat mahallada!

🔹“Darveshi” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv hamda mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati L.Behbudova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari R.Murodov va J.Norovlar mahallaga tashrif buyurishdi.

🔹Tashrif davomida mahalla xotin-qizlar faoli N.Mirzayevaning hisoboti tinglanib, aholi bilan olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlar bilan ishlash hamda ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlari atroflicha o‘rganildi.

Shundan so‘ng, mahalla faollari, oqsoqollar va aholi ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan: Darveshi qishlog‘ining ichki ko‘cha yo‘llarini shag‘allashtirish; aholi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash; O‘rikzor qishlog‘idagi avtomobil yo‘lining 1200 metr qismini ta’mirlash masalalari muhokama qilindi.

🔹Deputat Latofat Behbudova ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va korxonalarga deputatlik so‘rovlari yuborilishini, natijalar bo‘yicha aholiga qo‘shimcha ma’lumot berilishini ta’kidladi.

🔹Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy masalalarni hal etish, aholi farovonligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.

Slide 1 of 8